Aholi

O’zbekistonda doimiy istiqomat qilayotgan aholi soni 2014 yilning 1 yanvar kuni holatiga ko’ra 30,5 million kishini tashkil etadi.

2000 yildan 2014 yilgacha O’zbekiston fuqarolari 5,5 million kishiga ortgan va 25 milliondan 30,5 milliongacha ko’paygan.Tug’ilish ko’rsatkichi 2012 yilda 21 promilleni, o’lim ko’rsatkichi esa 4,9 promilleni tashkil etdi.2012 yil davomida mamlakat aholisi soni 439,2 ming kishiga yoki 1,5 foizga ko’paygan. Aholining 51,1 foizi (15,315 million nafari) shaharlarda istiqomat qilayotgan bo’lsa, 48,9 foizi (14,679 million nafari) qishloq joylarda yashaydi.

O’zbekiston MDH davlatlari orasida so’nggi o’n uch yil ichida aholi soni o’sishi eng yuqori sur’atlarga ega bo’lgan mamlakat hisoblanadi.

2014 yil boshiga viloyatlar kesimida O’zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi aholi soni:

O’zbekiston Respublikasi, jami 30492,8 ming kishi

Qoraqalpog’iston Respublikasi — 1736,5 ming kishi

Andijon viloyati — 2805,5 ming kishi

Buxoro viloyati — 1756,4 ming kishi

Jizzax viloyati — 1226,8 ming kishi

Qashqadaryo viloyati — 2895,3 ming kishi

Navoiy viloyati — 901,1 ming kishi

Namangan viloyati — 2504,1 ming kishi

Samarqand viloyati — 3445,6 ming kishi

Surxondaryo viloyati — 2308,3 ming kishi

Sirdaryo viloyati — 763,8 ming kishi

Toshkent viloyati — 2725,9 ming kishi

Farg’ona viloyati — 3386,5 ming kishi

Xorazm viloyati — 1684,1 ming kishi

Toshkent shahri — 2352,9 ming kishi